1 743
Toshkentda mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan Spark haydovchisi piyodani urib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
10 may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 11:30 da tumanning Mehrigiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Spark’ning 26 yoshli haydovchisi 3 fevral kuni Uchtepa tumani sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi 1-qismiga (transport vositalarini mast holda boshqarish) muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan.
Haydovchi avtomobilni boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 23 yoshli B.R.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida odam o‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi