2 143
Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi
Foto: IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi
Telegram orqali kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanib keluvchi turli guruh administratorlari bilan yozishmalarni amalga oshirib, ularning plastik kartalaridan pul yechib olgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs Telegram’da fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhda, noma’lum profil egasi tomonidan «Qarshiga dostavka bormi, agarda bor bo‘lsa klik orqali pul o‘tkazib beraman, Click tizimiga ulangan telefon raqamingizni ayting, telefoningizga kod borishi kerak, ushbu kodni aytsangiz pulingiz tushadi» degan ma’nodagi yozishmalarni amalga oshirgan. Va bu orqali u 19 mart kuni soat 20:42 larda 2,4 million so‘mdan ortiq pullarni ruxsatsiz yechib olgan.
Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida 25 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirda mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyatida yashovchi, 17 yoshli 10-sinf maktab o‘quvchisi X.D. sodir etgani aniqlangan. Unga tegishli bo‘lgan bir dona Xiaomi Redmi Note 8 Pro markali telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Fuqaro X.D.ga Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi