00:28 / 18.05.2021
5 382

«Bir oylik armiya»ga oid savollarga javob berildi


Safarbarlik chaqiruvi rezerviga oid savollarga Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov javob berdi.
«Bir oylik armiya» uchun oilaviy sharoiti og‘ir yoki ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha badal pulini to‘lay olmaydiganlarga qanday yengilliklar bor?

Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘limi huzurida tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari raisligida Hududiy komissiya tuziladi.

Hududiy komissiya chaqiriluvchilarning tibbiy ko‘rik xulosasiga, ularning ma’naviy va kasbiy xususiyatlariga, oilaviy, moddiy sharoitiga, oila a’zolarining ijtimoiy holatiga qaratiladi, o‘rganish jarayonida tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lib, lekin oilaviy-moddiy sharoiti og‘ir bo‘lgan chaqiriluvchilar aniqlangan hollarda, Hududiy komissiya tomonidan ularni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olmaslik choralari ko‘riladi.

Safarbarlik chaqiruv rezervida «bir oylik armiya» uchun pul to‘langanidan keyin qancha vaqt davomida xizmatga borish majburiy hisoblanadi? Pul to‘lab qo‘yilganidan keyin yoshi 27 dan oshib ketsa ham, SChRga borish kerakmi yoki to‘langan pul qaytariladimi?

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida fuqarolar SChR xizmatini 18 yoshdan 27 yoshga qadar o‘tashlari belgilab qo‘yilgan. Shunga muvofiq, SChR pul badalini to‘liq to‘lagan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar oylik harbiy yig‘inga jalb etiladi.

Pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agar u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda yoki vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari belgilangan tartibda qaytarib beriladi. Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bir oylik armiya»ga oid savollarga javob berildi