2021 yil 19 may kuni soat 07:35da, shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 05:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan yigit 1994 yilda tug‘ilgan mahalladoshi bilan birgalikda Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni vaqtincha yashab kelayotgan uyiga borib, «Nega opam bilan gaplashib yuribsan», deb, u bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan kastet bilan uning yuz qismiga urgan.
So‘ngra sherigi bilan fuqaroning bosh va yuz qismlarini urib-do‘pposlab, shu yerda bo‘lgan belkurakni olib, yog‘och qismi bilan uning badanini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazishgan.
Natijada, jabrlanuvchi bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi, yuqori miya, boshni ensa, o‘ng chekka sohalari lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki yigit ham Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganlar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi