12:30 / 31.05.2021
1 943

MIB Olmazorda 4,2 mlrd. so‘m kredit qarzini undirib berdi


Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 23.09.2020 yil kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Original Grain” korxonasidan undiruvchi TIF “Milliy Bank” foydasiga jami 4 mlrd. 212 mln. 318 ming 451 so‘m kredit qarzi undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 16.11.2020 yil kuni kelib tushgan.

Shu kuni bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga yuborilgan.MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.Rahmatov tomonidan qarzdor korxonaga berilgan ixtiyoriy muddatda bank foydasiga qarzdorlikni qoplab bermagani sabab, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari jarayonida katta miqdordagi ya’ni 4,2 mlrd. miqdoridagi kredit qarzdorligi  to‘liq undirilib, undiruvchi bank foydasiga o‘tkazib berilib, ijro ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat