
Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 1 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi. Prezident viloyatga tashrifini Sherobod tumanidan boshladi.
Tashrif davomida davlat rahbari Sherobod tumanidagi «Kattabog‘» mahallasida bo‘lib, anorchilik bilan shug‘ullanuvchi Karimovlar oilasi bilan suhbatlashdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ularing suhbati aks etgan videoni e’lon qildi.
— Shukhrat (@bankir2102) June 1, 2021
Ma’lum bo‘lishicha, 6 kishi yashaydigan ushbu oilada anorchilik bilan shug‘ullanish avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kasb hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev oila boshiga orden berishini bildirdi.
«Mehnat bo‘lmasa, daromad bo‘lmaydi. Tomorqada qilgan mehnatingiz uchun rahmat. Har bir xonadonni sizning oilangizga o‘xshab o‘zi mehnat qilishiga o‘rgatib olsak edi, davlatimizda kam ta’minlangan oilalar bo‘lmasdi», — degan Prezident ularga qarata.
Sherobodlik oqsoqollar O‘zbekiston xalqi va Prezidentga ezgu niyatlar tilab, duo qilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) June 1, 2021
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda rasmiy tashrif bilan 1–2 iyun kunlari bo‘ladi.
Shavkat MirziyoyevSurxondaryo ViloyatiKattabog‘ MahallasiAholi Turmush SharoitlariDavlat RahbariO‘zbekiston Xalqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar