IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Internet monitoringi davomida «olx.uz» e’lonlar veb-sayti orqali boshqa shaxslardan arzon narxlarda qimmatbaho telefonlarning qalbaki dublikatini sotib olib, boshqa xaridorlarga olingan telefon qurilmasini haqiqiy ekanligini aytib, aldab sotilganligi bilan bog‘liq holat aniqlangan.
Xususan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi, 2002 y.t., fuqaro H.R. 2021 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Abu-Saxiy» bozori yonida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi, 1987 y.t., M.A.ga «IPhone 11 Pro MAX» telefonini asl nusxasiligini aytib, undan 670 AQSH dollari va 900.000 so‘m miqdoridagi pullarini olib, soxta qo‘l telefonini berganligi aniqlandi.
Natijada, 04.06.2021 yilda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro H.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi hujjatlari Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TBga dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish maqsadida yuborilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi