17:07 / 14.06.2021
3 428

Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari o‘tirgan xonaga raqqosalar kirib kelganiga munosabat bildirildi


Kadr: Twitter
Sirdaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

13 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani hokimi, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektori hamda boshqa bir necha mas’ul rahbarlar o‘tirgan xonaga raqqosalar kirib kelgani tasvirlangan video tarqaldi.

Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, videolavhada aks etgan jarayon 2020 yil oktabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi «Yevro Aziya» restoranida sodir bo‘lgan.

«Ishdan tashqari vaqtda boshqa fuqarolar singari restoranga ovqatlanish uchun borgan mas’ullar — tuman hokimi o‘rinbosari (o‘sha vaqtda tuman hokimi yordamchisi) tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, ‘Suvoqova’ davlat unitar korxonasi rahbari hamda Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari bo‘lgan», — deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxslar o‘tirgan xonaga restoranda xizmat ko‘rsatayotgan «Shov balet» raqqosa qizlari kirib kelgan. Raqqosalarning kutilmaganda kirib kelishi ularga ma’qul kelmagan. Shu sababli raqqosalarga pul berilgan va xonani tark etishi so‘ralgan. Natijada videodagi holat yuzaga kelgan.

«Holat yuzasidan restoran ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ul xodimlarga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi eslatib o‘tildi. Shuningdek, lavozimdan ozod etish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi belgilandi», — deya qayd etiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari o‘tirgan xonaga raqqosalar kirib kelganiga munosabat bildirildi