22:03 / 14.06.2021
2 065

Bank foydasiga 300 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi


Majburiy ijro byurosining Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo  sudining 10.05.2019 yildagi 2-1102-1805/12181-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “Qishloqqurilish bank” G‘azalkent filiali foydasiga jami 332 856,7 ming so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro qilishlik uchun qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Shuningdek, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilot raxbariga kredit qarzdorligini to‘lashligi to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonaning hisob raqamiga band solingan va inkasso topshiriqnomasi ijro qilishlik uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdordan 332 856,7 ming so‘m kredit qarz pullari  undirilib mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga 300 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi