12:48 / 19.06.2021
5 323

Yana bir marta nomard desam nima bo‘pti? — Kusherboyev


Rasul Kusherboyev Sud’yalar Oliy Kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov uning ustidan etika komissiyasiga shikoyat qilganini ma’lum qildi.
«Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb o‘ylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining o‘rinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sud’yalar Oliy Kengashiga raislar.

Bu kishi o‘shanda sud’yalik obro‘sini «pachoq qilib» aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Bo‘stonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yo‘l bilan o‘zining quyi sudlariga «yashirin ko‘rsatma» bervorgandilar. Ana mardlik.

Xullas «Uzavto» va DSQdan keyin ular ham ustimdan etika komissiyasiga shikoyat qilibdi. Sababi men ular rahbarlik qilayotgan Kengashni 2 daqiqayu 24 soniyada to‘qqiz marta nomard degandim. Yaxshiyam «hammang bir tiyinsan» demabman.

Aytgancha aybsizlik prezumsiyasiga amal qilmagani, etikani buzgani uchun X.Yodgorovga o‘shanda Sud’yalar Oliy kengashi mard bo‘lib chora ko‘rganmikan. Yo mardlik qilolmaganmi?

Shu 9 raqami o‘xshamayaptida, 10 bo‘lsa ko‘pirtirib yanayam «tepa»ga shikoyat qilsa zo‘r chiqadi. Shunga yana bir marta nomard desam nima bo‘pti?», deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir marta nomard desam nima bo‘pti? — Kusherboyev