
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 01.08.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor G.Urazayevdan, undiruvchi M.Yesberdiyeva foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro ishi mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlariga qaramay qarzdor G.Urazayevning aliment bo‘yicha bo‘lgan qarzdorligi 01.01.2018 yildan 01.05.2021 yil kuniga qadar 8.171.460 so‘m tashkil etgan. Ushbu qazdorlik yuzasidan qazdorga bir necha marotaba ogohlantirish berilgan. Ammo qarzdor tomonidan hech qanday harakat bo‘lmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan O‘z.Res MjTKning 47-4 moddasi qo‘llanilib sudga taqdim qilingan.
Sud jarayonida qarzdorga nisbatan 15 kunlik kunlik qamoq jazosi belgilash to‘g‘risida 01.06.2021 yil kuni qaror qabul qilingan. Bunday majburiy chora qarzdorni sergak tortishga majbur qildi va sud zalidayoq qarzdor G.Urazayev 1.500.000 so‘m aliment pullarini to‘lab berishini bildirdi. Mazkur summa undiruvchiga tilxat asosida topshirildi. 15 sutkalik qamoq chorasi qarzdorga to‘g‘ri xulosa chiqarishga sabab bo‘ldi chog‘i, alimentchi ota oz o‘tmay qarzdorlikning qolgan 3.000.000 so‘mini ham qopladi.
Natijada bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdordan undiruvchiga 1 nafar farzandi uchun yig‘ilib qolgan 4.500.000 qarzdorlik tilxat asosida undirib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar