Ijtimoiy tarmoqlarda «Bir odam davlat unga kredit bermayotganligi uchun o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Video bo‘yicha Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat 2021 yilning 28 iyun kuni Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, Oqdaryo tumani «To‘ron» MFY Arpa qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.F. 2020 yil aprel oyida hunarmandchilikka yog‘och mahsulotlari sotib olish uchun «Mikrokreditbank»ning Loyish filialidan 30 million so‘m kredit olgan.
Fuqaroning oylik kredit qarzini to‘lash summasi 2 million 895 ming so‘m bo‘lib, 2021 yil may—iyun oylari uchun to‘lovni amalga oshirmagan.
Sud qaroriga asosan, majburiy ijro bo‘limi xodimlari qarzni undirish maqsadida fuqaroning uyiga borgan. Bundan norozi bo‘lgan E.F. tumandagi «Mikrokreditbank» ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.
Jamoat tartibini saqlash maqsadida hodisa joyiga IIB xodimlari yetib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borganidan so‘ng E.F. fikridan qaytgan.
Shuningdek, fuqaro uning turmush o‘rtog‘i M.N.ning ham «Mikrokreditbank»dan to‘lanmagan 2 oylik, jami 2 million 50 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi aniqlangan. Fuqaro F.E.ga nisbatan bank tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilmagan.
«Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlarda “davlat kredit bermaganligi uchun fuqaro o‘zini binodan tashlamoqchi bo‘ldi”, deb noto‘g‘ri talqin qilinganligini ma’lum qilamiz», — deyiladi hokimlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi