
Imtihonlarga tayyorgarlik ikkita ssenariy bo‘yicha amalga oshishi mumkin. Birinchisi — Maxsus komissiya pandemiya sabab testlarni yopiq binolarda o‘tkazishni taqiqlasa, imtihonlarni ochiq maydonlarda tashkil etish. Hozirda 65 ta ochiq maydon va stadionlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ikkinchi ssenariy bo‘yicha esa keng sig‘imli yopiq binolar tayyorlanyapti. Davlat test markazi hisob-kitobiga ko‘ra, 10 iyulga qadar 96 ta bino tayyor bo‘lishi kerak.
Shuningdek, kuzatuv kameralari soni oshiriladi va onlayn-translyatsiya uchun kameralar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, har bir guruhga ovoz yozishga qodir statsionar va 360 daraja burila oladigan kameralar o‘rnatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar