Barchamizga ma’lumki, pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalarini yurtimiz hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Lekin, ayrim shaxslar esa mazkur belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘z qing‘irliklarini amalga oshirishga urinmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Bosh-pochtamt” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Qozog‘iston davlatidan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga kelgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada, pochta jo‘natmasida pochta deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, 4 ta konvalyutada jami 20 ta ampulada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan “Tramadol” nomli giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi