
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida mast haydovchi YPX xodimini urib, uning «pogon»ini yechib oldi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 10 iyun kuni soat 22:30 atrofida «Cho‘lquvar» mahallasi hududidagi ovqatlanish shoxobchasi oldida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, yo‘l profilaktikasi inspektori oshxona qarshisida turgan mashina haydovchisining mastligini sezib, haydovchilik guvohnomasini so‘ragan.
Shuningdek, u xodimning qonuniy talablarini bajarmasdan, unga qarshilik ko‘rsatgani aytilgan. Ta’kidlanishicha, fuqaro inspektorni urib, «pogon»ini yechib olgan.
Buning oqibatida jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat narkologiya dispanserida haydovchining mast bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar