
Afg‘oniston prezident Ashraf G‘ani Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» konferensiyasida nutq so‘zladi. Ashraf G‘ani ma’ruzasi davomida Tolibon harakatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Biz Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishini juda istaymiz va bu yo‘lda Tolibon bilan yuzma-yuz turishga tayyormiz. Ammo shu bilan birgalikda bizga yordam berishlarini ham juda xohlaymiz», — dedi Afg‘oniston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari qurolli kuchlari Afg‘onistonni tark eta boshlashi ortidan Tolibon harakatining faollashuvi kuzatilmoqda. Ayni vaqtga qadar ushbu harakat mamlakatning katta hududini egallab olgani aytilmoqda.
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi masalasi «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» konferensiyasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Biroz vaqt muqaddam O‘zbekiston, AQSH, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgani xabar qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar