22:47 / 21.07.2021
5 746

Xonto‘rayevning shogirdi «avariya» aslida qanday bo‘lganini so‘zlab berdi


Foto: «Qalampir.uz»
Joriy yilning 19 iyul kuni MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i», O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan  «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Murod Xonto‘rayevning vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlar tarqaldi. YTH yuz bergan kuni Murod Xonto‘rayevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anorboyev ham bo‘lgan. U YTH yuz bergandan so‘ng, zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Xonto‘rayevning dafn marosimi o‘tganidan keyin esa avtomobilda bo‘lgan Anorboyevning ham komaga tushgani, undan hech kim xabar olmayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Jasur Anorboyev «Qalampir.uz»ga «avariya» qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.
«To‘g‘risi, shifoxonaga olib kelishganini umuman eslay olmayman. Esimda yo‘q. Hammasi tez bo‘lib ketdi. Akam (Murod Xonto‘rayev) va men yo‘lda kelayotgandik. Odam baribir tanigan insoniga ishonadi-da. Mashinada tog‘ga borayotganimizda qanday ishongan bo‘lsam, qaytayotganda ham shunday ishonib, bemalol, xotirjam telefonimni o‘ynab kelayotgandim. Nimadir bo‘ldi, shunday oldimga qaradim, «Lacetti» bizni qisib qo‘ydi. Davlat raqami va belgisi esimda yo‘q, lekin «Lacetti» edi. Biz o‘z yo‘limizda «kak polojeniye» ketayotgandik, u bizni qisib qo‘ydi. Uyog‘ini eslay olmayman. Keyin ko‘zimni ochganimda, tepamda shifokorlar turgandi. Boshimni esa tikishayotgandi. Mana, kecha o‘zimga keldim va hammasini esladim. Allohning o‘zi saqlab, meni tirik qoldirdi. Akamning joyi jannatda bo‘lsin. Oxiratlari obod bo‘lsin», — deydi Murod Xonto‘rayevning shogirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonto‘rayevning shogirdi «avariya» aslida qanday bo‘lganini so‘zlab berdi