20:32 / 25.07.2021
2 055

1 yanvardan “avtomobil tarixi” deb nomlangan yangi davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi


Endi sodir etilgan YTH, avtomobil bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni Yagona portal va Davlat xizmatlari markazidan olish mumkin.

2022 yil 1 yanvarga qadar “avtomobil tarixi” ma’lumotlarini aniqlash davlat xizmati joriy etiladi. Bu “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjat Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 iyul kuni imzolangan.

Ushbu xizmat orqali fuqarolar avtomobilning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi va boshqa ma’lumotlarni shartnomaviy asosda Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishlari mumkin.

Ushbu ma’lumotlar olish uchun avtomototransport vositalariga berilgan davlat raqami kifoya qiladi.
Farmon bilan Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2022 yil 1 yanvarga qadar ushbu davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 yanvardan “avtomobil tarixi” deb nomlangan yangi davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi