16:53 / 28.07.2021
2 068

Avtoavariya natijasida yetkazilgan zarar undirildi


O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 133-moddasida transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishi uchun javobgarlik belgilangan.

Haydovchi M.Aslonov boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinani Buxoro shahar “Karvon” bozori tomon harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning chap tomon chetki qismini egallab chapga burilayotgan A.Amonov boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani orqa tomonidan urib yo‘l-transport hodisasi sodir qilishi natijasida haydovchi A.Amonov va avtomashina salonida bo‘lgan I.Avezov tan jarohati olgan hamda avtomashinaga 18,5 mln. so‘m zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi ochiq sud majlisida ma’muriy ish hujjatlari mazmunan ko‘rilib, M.Aslonov qilmishiga yarasha qonunda belgilangan jazosini oldi va yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida 05.07.2021 yilda Byuroning Buxoro tumani bo‘limiga ijro hujjati yuborildi.

Majburiy ijro byurosining Buxoro tumani bo‘limi davlat ijrochisi o‘ziga berilgan qonuniy vakolatlaridan to‘liq foydalangan holda fuqaro A.Amonovning buzilgan huquqlarini tiklab, uning foydasiga 18,5 million so‘mni to‘liq undirilishini ta’minladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtoavariya natijasida yetkazilgan zarar undirildi