13:03 / 04.08.2021
3 851

Chilonzorda o‘tkazilgan reydda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari qo‘lga olindi


Kadr: Mover
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtda olib borilgan reyd tadbirlarida fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB tomonidan jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda soat 21:00 dan 04:00 gacha o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgan ayollar ushlangan.

Masalan, Chilonzor tumanining Shuhrat chorrahasida “mijozlarni ovlash” bilan shug‘ullangan yengil tabiat ayollar qo‘lga olingan. Shuningdek, tumanda fohishalarga haydovchilik qilish bilan shug‘ullangan shaxslar ham ushlangan.

Shu kabi holatlarning birida, Chilonzor tumanida Matiz haydovchisi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganida, u inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan, qochib ketgan. Biroq ko‘p o‘tmay avtomobil “Do‘mbirobod” mahallasida ushlangan.

Toshkent bo‘ylab o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlangan holatlarning aksariyatida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning haydovchilari borligi ma’lum bo‘lgan. Poytaxtning turli tumanlarida aniqlangan bu kabi shaxslar patrul-post xizmati brigadasiga olib kelinib, shaxsi aniqlangan, qon namunalari olinib, ularda biror kasallik bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlariga o‘tkazilib, sayyor sudlar o‘tkazilgan. Sudlar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 190 (fohishalik bilan shug‘ullanish), 183 (mayda bezorlik), 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha tegishli qarorlar chiqarilib, fohishalarga nisbatan jarima va ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.
Fohishalarni olib yurgan haydovchilarning mashinalari esa jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun o‘rtalarida Uchtepa aholisi ichki ishlar vaziriga murojaat qilib, tumanda fohishalar va giyohvandlar ko‘payganiga chora ko‘rishni so‘ragandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda o‘tkazilgan reydda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari qo‘lga olindi