date
views 2 713

O‘qishga hujjat topshirish o‘tgan yilga nisbatan keskin pasaydi


Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 211 nafarni tashkil etgan. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Ta’lim shakllari bo‘yicha:
  • Kunduzgi ta’lim shakli – 479 627 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 435 995 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 32 589 nafar.
Tillar kesimida:
  • O‘zbek tili – 804 660 nafar;
  • Rus tili – 109 232 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;
  • Boshqa tillar – 2 857 nafar.
Ma’lumot uchun, 2020-2021 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni 1 484 085 nafarni tashkil etgandi. Demak, bu yil ro‘yxatdan o‘tganlar soni o‘tgan yilgidan yarim million kam bo‘lgan. Odatda har yili o‘sish kuzatilardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga hujjat topshirish o‘tgan yilga nisbatan keskin pasaydi