Angren shahrida to‘qqiz qavatli uy yonib ketdi

Angren shahrida to‘qqiz qavatli uy yonib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati
5 avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirildi.

25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va xalok bo‘lish xolatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar