16:30 / 15.08.2021
1 839

Qidiruvdagi “Lacetti” topildi

Qidiruvdagi “Lacetti” topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining, undiruvchi M.Dga, javobgar E.B. foydasiga mol-mulk undirish
va javobgar E.Bga tegishli bo‘lgan “LACETTI” rusumli avtomashinani da’voni ta’minlash uchun ro‘yxatga olish haqidagi ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga 07.06.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Jumladan, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor E.Bga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasini xatlovga olish uchun yashash manziliga borilganida, qarzdor mazkur avtotransport vositasini sotib yuborganligini ma’lum qilgan hamda bu bo‘yicha undan tushuntirish xati olinib dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Xorazm viloyati, Urganch tumani, Shermatlar mahallasi xududidagi turganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi binosiga olib kelinib, avtotransport vositasi xatlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat