18:43 / 19.08.2021
2 333

MIB Shayxontohurda tadbirkor foydasiga 2,7 mlrd. so‘m qarzni undirib berdi

MIB Shayxontohurda tadbirkor foydasiga 2,7 mlrd. so‘m qarzni undirib berdi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 10.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “To`palang HPD Water Construction” korxonasidan undiruvchi “Neftgazmontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga taraflar o‘rtasida 17.09.2018 yilda tuzilgan shartnomaga asosan jami 2.7 mlrd. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga 21.04.2021 yilda kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishini yuritish qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari mobaynida, qarzdor korxonadan undiruvchi tadbirkor foydasiga jami 2.7 mlrd. so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro ishi Qonunning 41-modda 1-qismiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat