12:16 / 21.08.2021
2 110

DXX va IIBB Toshkentda terrorchilik tashkilotiga aloqador shaxslarni ushladi

DXX va IIBB Toshkentda terrorchilik tashkilotiga aloqador shaxslarni ushladi
Toshkent shahar IIBB va DXX Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarini aniqlash bo‘yicha reydni davom ettirmoqda, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Xususan, 19—20 avgust kunlari Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari, hozirda qidiruvda bo‘lgan:
- 1990 yilda tug‘ilgan, Yangihayot tumani hududida yashagan Abdurahmonov Jamshid Xusniddinovich;
- 1981 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumani hududida yashagan Kasimov Sarvar Abduljanovich;
- 1983 yilda tug‘ilgan, Chilonzor tumani hududida yashagan Isayev Dilshod Ravshanovichga nisbatan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yuqorida nomlari qayd etilgan qidiruvdagi shaxslar bilan internet tarmog‘i orqali aloqada bo‘lib kelganlikda gumonlangan shaxslar istiqomat qilayotgan Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yangihayot tumanlari hududidagi 38 ta manzillarda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati o‘tkazilib, 35 nafar shaxs ichki ishlar bo‘limlariga olib kelingan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkilotlari targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va taqiqlangan materiallar topilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida hozirda Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terroristik tashkilotlar safida faoliyat olib borayotgan Isayev Dilshod Ravshanovich bilan aloqa o‘rnatgan. U bilan bir guruh bo‘lgan holda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining faoliyatiga xayrixohlik bildirib kelgan 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-1-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Shuningdek, 1 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo chorasi ko‘rilib, 4 nafar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun tuman sudlariga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX va IIBB Toshkentda terrorchilik tashkilotiga aloqador shaxslarni ushladi