
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida mast holatdagi shaxs qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlikka tushib, xonadon egasini ayovsiz kaltakladi, deya xabar bermoqda «Zamon» informatsion dasturi.
Xatirchilik 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro do‘stlari bilan hashardan va kichik ziyofatdan so‘ng mast holda qo‘shnisi 69 yoshli ayol uyiga bosqinchilik yo‘li bilan kiradi.
«Momoning uyiga kirdim, uxlab yotgan ekan. Ustidan sakrab o‘tib, pul qidirdim. Momo uyg‘onib qolgandan keyin og‘ziga urdim. Yostig‘ini tagidan 50 ming pul chiqdi, kissamga solib, chiqib ketdim», – deydi ayblanuvchi.
Og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan ayol travmatologiya bo‘limiga yotqiziladi. Unga aralash jarohat, bosh miya chayqalishi, o‘ng yelka suyagining qo‘ltiq osti chiqishi, yuzi, tanasi, boshi ko‘kargan jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.
Shifokorning ta’kidlashicha, hozirda ayolning umumiy ahvoli o‘rta og‘ir.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda bosqinchilik qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu modda bilan ayblangan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Navoiy ViloyatiXatirchi TumaniO‘g‘irlikBosqinchilikAyovsiz KaltaklashJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar