14:00 / 26.08.2021
3 528

“Surxondaryoda 2 ta maktab direktorlari oilalari o‘rtasida katta janjal bo‘ldi” videolavha yuzasidan

“Surxondaryoda 2 ta maktab direktorlari oilalari o‘rtasida katta janjal bo‘ldi” videolavha yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda o‘qituvchilar mushtlashayotgani tasviri tarqaldi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2021 yil 23 avgust kuni Qumqo‘rg‘on tumani 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchilar R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla va M.T.Baxtiyorlar o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi D.B.Xaitmurod bilan maktab xovlisida o‘zaro kelishmovchilik sababli bir birlari bilan janjallashgan. Uni urib-do‘pposlab, badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 avgustda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla, M,T.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kuning o‘zida gumon qilinuvchi R.X.Azizbek, N.A.Nurilla, M,T.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirgi kunda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat