12:30 / 30.08.2021
2 095

Prezident O‘zbekiston kelajagini nimada ko‘rishini aytdi

Prezident O‘zbekiston kelajagini nimada ko‘rishini aytdi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir avvalida so‘zlayotgan nutqi davomida paxta terimi bilan bog‘liq muammolar qanday hal qilinganini aytdi, deb xabar berdi Xabar.uz muxbiri.

Oldin maktabda 10 yil emas, 7,5 yil o‘qilardi. Chunki har yili paxta terim vaqtida umrimiz dalada o‘tardi. Paxta terib yurgan vaqtimizni ta’limdan chiqarib tashlasak qancha vaqt qoladi?

Paxta terimini o‘qituvchi va shifokorlardan talab qilardik. Birgina qaror bilan 7-7,5 million terimchini dalalardan chiqarib oldik. Endi hamma o‘z ishi bilan shug‘ullanyapti, paxtani esa manfaat teradi. Kerak odam terib oladi.

Men mamlakatimiz kelajagini ta’limda ko‘raman. Bilimi bor odam har qanday sharoitda yo‘lini topa oladi. Agar biz sifatli ta’lim bera olsak, farzandlarimizning kelajagidan xavotir olmasak ham bo‘ladi
, — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat