2 094
Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
Foto: Facebook / Qatar Airways
Qatar Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda «O‘zaviatsiya» agentligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan Qatar Airways aviakompaniyasiga 7 sentabrda Doha—Toshkent—Doha yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boeing 777 va Boeing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida «Havo qatnovi to‘g‘risida»gi bitim 2021 yilning iyunida imzolangandi. Unga ko‘ra, Doha—Toshkent—Doha yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Dunyo axborot agentligi ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki berishini, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochishi va o‘zaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashishini qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)