Advokat bo‘lish uchun yuridik staj talabi bekor qilinadi – Shavkat Mirziyoyev

Advokat bo‘lish uchun yuridik staj talabi bekor qilinadi – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda advokatlar kamligi masalasiga to‘xtaldi va muammoni hal qilish bo‘yicha o‘z tashabbusini bildirdi.
«Yana bir masala – mamlakatimizda advokatlar sonining yetishmasligi bilan bog‘liq.

Shuning uchun, sohaga yosh kadrlarni jalb qilish maqsadida yuridik staj haqidagi talab bekor qilinib, oliy yuridik ma’lumotli shaxslarga 3 oylik stajirovkadan keyin advokatlik iḿtihonini topshirish imkoniyati yaratiladi
», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, advokat bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim. Shu jumladan, advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar