14:00 / 10.09.2021
2 691

Namanganda qaynota 31 yashar kelinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

Namanganda qaynota 31 yashar kelinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namanganda muqaddam qotillikka qo‘l urgan 64 yashar qaynota o‘zaro mojaro sabab 31 yoshli kelinini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Voqea 2021 yil 7 sentabr kuni Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘ldi. Shu tumanda yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan G‘ofir Ne’matullayev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda kelini, 1990 yilda tug‘ilgan Nargiza Bahromova bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab tortishib qoladi. O‘zaro mojaro ortidan qaynota uyida bo‘lgan pichoq bilan kelinning yuragi va qorniga bir necha marotaba zarba berib, qasddan o‘ldiradi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ne’matullayev qo‘lga olingan. U muqaddam Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan sudlangan bo‘lgan.

Marhum Nargiza Bahromova oilaning katta kelini edi. Undan ikki farzand—5 yashar qiz va 2 yashar o‘g‘il qoldi.

Uchqo‘rg‘onda ushbu hodisa muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Namangan viloyati IIB boshlig‘i Odil Otaxo‘jayev va viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Eshquvvatov yuz bergan jinoyat hamda bunga sabab bo‘lgan omillarni batafsil tahlil qildi. Muhokamaning o‘zi bilan cheklanib qolmay, yig‘ilishga kelgan mazkur hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda qaynota 31 yashar kelinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi