date
views 3 033

Qarzdorning qidiruvdagi “Nexia 3” rusumli transport vositasi topildi

Qarzdorning qidiruvdagi “Nexia 3” rusumli transport vositasi topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 14.06.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor T.I. dan undiruvchi AT “Xalk banki” Xorazm filiali foydasiga qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorga ihtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ihtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli ijro ishi doirasida qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yib, unga tegishli bo‘lgan “Nexia 3” rusumli transport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan 20.08.2021 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Urganch tumani xududida harakatlanib yurganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi binosiga olib kelinib, avtotransport vositasi xatlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning qidiruvdagi “Nexia 3” rusumli transport vositasi topildi