10:39 / 13.09.2021
2 058

Aliment uchun 58 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi

Aliment uchun 58 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi
Bugungi kunda Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu yesa o‘z samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 01.04.2016 yil kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Yusupovdan undiruvchi K.Yusupovning foydasiga 2 nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota oldindan farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan 58 mln so‘m aliment pullarini undiruvchi K.Yusupovaga to‘liq to‘lab berdi.

Shundan so‘ng, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati amalddagi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment uchun 58 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi