11:01 / 14.09.2021
1 648

Qarzdor ota Navoiydan topildi va jazolandi

Qarzdor ota Navoiydan topildi va jazolandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 24.08.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan A.Sdan undiruvchi S.G foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi G‘ijduvon tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borishga kirishilgan.

Qarzdor A.S.ning aliment qarzi 12,5 mln. so‘mni tashkil qilganligi bois, mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat idoralariga so‘rov yuborilgan va unga ko‘ra qarzdor nomida mol-mulklar aniqlanmagan.

Qarzdorning oxirgi yashash manzili aniq bo‘lmaganligi bois, unga qidiruv e’lon qilingan. Qidiruv natijasida A.S. Navoiy viloyatidan topildi.

Qarzdor A.Sdan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudiga yuborildi. Sudning 06.09.2021 yildagi qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Xuddi shunday, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 23.02.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan A.J undiruvchi U.B foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun 2021 yil avgust oyiga qadar 3.084.250 so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi bois, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining qaroriga asosan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota Navoiydan topildi va jazolandi