19:19 / 16.09.2021
2 204

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
SHHT kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16 sentabr kuni Dushanbega kelgan Shavkat Mirziyoyev tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni davlat rahbari lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, mas’uliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy aloqalar sur’atini davom ettirish va yangi «o‘sish nuqtalari»ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, «yo‘l xarita»si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o‘rganiladi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, SHHT sammiti 17 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, anjuman doirasida «SHHT—KXSHT» formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashdi