Foto: Energetika vazirligi
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) tamoyili asosida shamol elektr stansiyasini (SHES) qurish bo‘yicha loyiha moliyaviy takliflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Olingan takliflarni baholash natijalariga ko‘ra, «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan 100 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi va u har bir kilovatt-soat elektr energiyasiga 2,5695 AQSH sent tarifini taklif qildi.
Shuningdek, «Masdar» kompaniyasi 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,6550 sent taklif bergan va zaxiradagi g‘olib deb topilgan.
Mazkur stansiya 2023 yilda ishga tushiriladi va yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi