O‘zbekistonda 16 sentabr kuni COVID-19 ga qarshi 216 245 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 60 674 doza birinchi bosqichda, 106 157 doza ikkinchi bosqichda va 49 414 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.
Mamlakatda ayni kungacha jami 17 881 943 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 10 276 097 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 649 580 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 1 956 266 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 3 517 178 nafarni tashkil qilmoqda.
So‘nggi sutkada emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Andijon viloyati (25 051 doza),
Namangan viloyati (21 592 doza),
Samarqand viloyati (20 332 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona viloyatida 2 010 745 doza,
Namangan viloyatida 1 944 244 doza,
Andijon viloyatida 1 942 884 dozani tashkil qilmoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 million 269 ming dozani tashkil qilmoqda. Emlash jarayonida ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V», Moderna va Pfizer/BioNTech vaksinalaridan foydalanilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi