
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Navro‘z mahallasida qurilish olib borayotgan ustalar tomonidan 16 metr chuqurlikda qiymati 97 mln dollarlik qadimiy buyumlar topib olingani haqida video tarqaldi.
Holat bo‘yicha IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navro‘z mahallasida yashovchi Yu.A akkauntiga obunachilar yig‘ish maqsadida yolg‘ondan temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga bo‘yab chiqqan va bu bo‘yicha video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Keyinchalik u qilmishi uchun uzr so‘rab chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar