Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz otasidan homilador bo‘lib qolgani aytilgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz otasi uni muntazam zo‘rlab kelgani aytilgan video tarqaldi. Hozirda 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizning so‘zlariga ko‘ra, otasi uni 13 yoshidan buyon zo‘rlab kelgan. Jabrlanuvchining onasi aytishicha, turmush o‘rtog‘i ishsiz bo‘lib, uyda o‘tiradi. Oilani ayolning bir o‘zi boqadi.
Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi doirasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?