1 425
Toshkentda bankomatni buzib, ichidan 165 mln so‘m o‘g‘irlagan 24 yoshli shaxs qo‘lga olindi
Toshkentdagi bankomatlardan birini buzib, uning ichidan 165 million so‘m o‘g‘irlagan 24 yoshli shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 18 sentabr kuni soat 01:00 larda noma’lum shaxs «Aviasozlar» dahasidagi bankomatlardan birini buzib, unda bo‘lgan pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Huquq-tartibot organlari xodimlari ushbu shaxsni ertasi kuni ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs bunga qadar bir necha bor sudlangan. Uning uyida o‘tkazilgan tintuvlar davomida 73 million so‘m topilgan, qolgan pullarni u o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
«Kechqurun ichdim va ko‘chaga chiqdim. Bankomat ko‘rdim, unda pul borligini bilardim. Mashinamda ikkita pichoq bor edi, ochadimikan yoki yo‘q deya pichoqni tiqdim. Ochildi, ikkita ‘yacheyka’ turgan ekan, olib ketdim…», — deydi gumonlanuvchi.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayblanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin