17:54 / 02.10.2021
1 534

Qarshida uch egizak dunyoga keldi. Ularga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi

Qarshida uch egizak dunyoga keldi. Ularga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi
Foto: Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi tug‘ruqxonada 1 oktabr, juma kuni uch nafar egizak dunyoga keldi. Egizaklarning uchalasi ham o‘g‘il bola. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, chaqaloqlar Qarshi tumanining «Uzunnavo» mahallasida yashovchi Murodovlar oilasida dunyoga kelgan.

Foto: Akbarali Xudoyberdiyev
«‘Polvon'larning onasi Shahlo Husanova 30 yoshda bo‘lib, viloyat teri-tanosil shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. Otasi Iskandar Murodov esa 37 yoshda bo‘lib, Milliy gvardiya xodimi sifatida faoliyat olib boradi», — deyiladi boshqarma rasmiy kanalidagi axborotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, egizaklardan birining vazni 2,1 kilogramm, ikkinchisi 2,4 va uchinchisi 2,2 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan.

«Chaqaloqlarga ota-onasi Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ydi. Ayni paytda oiladagi bolalar soni besh nafarga yetdi. Bungacha Murodovlarning bir o‘g‘il, bir qizi bo‘lgan», — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshida uch egizak dunyoga keldi. Ularga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi