21:44 / 02.10.2021
1 586

MIB Navoiyda sentabr oyida 14,6 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorligini undirdi

MIB Navoiyda sentabr oyida 14,6 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorligini undirdi
O‘zbekistonda puxta olib borilayotgan soliq siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash orqali mamlakatning gullab yashnashi va aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilayotir.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga soliq qarzdorligini amalda undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2021 yilning sentabr oyida 14,6 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi amalda undirilishi ta’minlandi.

Misol uchun sentabr oyning o‘zida yirik qarzdorliklar bo‘yicha “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJdan 6,5 mlrd. so‘m soliq qarzi undirildi. Bunday nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Navoiyda sentabr oyida 14,6 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorligini undirdi