
Foto: Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Namingon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Latifjon Eshonqulov tomorqasida har birining og‘irligi 60 kilogrammdan ziyod oshqovoq yetishtirildi.
Gap shundaki, xonadon egalari har yili ushbu tomorqada sidqidildan mehnat qilib, o‘zlari yetishtiradigan poliz va sabzavot ekinlari hamda mevali daraxtlaridan yaxshi hosil oladi.
Shu yilning aprel oyida bir tanishlaridan bir nechta oshqovoq urug‘larini olgan Latifjon Eshonqulov uni tomorqasining bir chetiga ekdi. Bugun esa pishib yetilgan oshqovoqlarning haybatidan tomorqa egalarining o‘zlari ham hayratda.
Aksariyat oshqovoqlarning og‘irligi 40 — 50 kilogrammni, eng yirigi taroziga qo‘yilganda esa naqd 61 kilogrammdan ortiqni tishkil etdi.
— Tomorqa ortidan oilamizga qo‘shimcha baraka kiradi, shuning uchun bo‘sh vaqtlarimiz mehnat qilamiz, — deydi Latifjon akaning onalari Robiya aya.
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, ushbu gigant oshqovoqlarga hech qanday dori yoki mineral o‘g‘itlar ishlatilmagan, aksincha, tabiiy sharoitda parvarishlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar