19:03 / 04.10.2021
2 224

Namanganda bankomat 10 ming o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi

Namanganda bankomat 10 ming o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi
«Hamkorbank» ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangandagi bankomatlardan biri plastik kartadan 10 ming so‘m yechib olib, 50 ming so‘mlik kupyura chiqargani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Video muallifining aytishicha, bankomat plastik kartadan 50 ming so‘m yechib olib, 10 ming so‘mlik kupyura chiqarib bergan. Shuningdek, qurilma 10 ming so‘m yechib olib, o‘rniga 50 minglik kupyura chiqargani namoyish etilgan.

Bank ma’muriyatining ma’lum qilinishicha, mazkur holat 27 sentabr kuni bankning Namangan mintaqaviy filialiga tegishli 24/7 rejimida o‘z‑o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi ofisda joylashgan bankomatda sodir bo‘lgan.

Ushbu xatolik bankomatdagi 10 ming so‘mlik va 50 ming so‘mlik pul sotish kassetalari almashib qolgani natijasida yuzaga kelgan. Holat tezkorlik bilan o‘sha kunning o‘zida xatolik aniqlangandan so‘ng, 30 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda bankomat 10 ming o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi