Foto: Fotolia
AQSHda yashashni istovchi turli millat vakillari uchun 2023 yilgi viza dasturi (Diversity Visa Program) boshlanmoqda.
AQSH Davlat departamenti axborotiga ko‘ra, dasturda qatnashish uchun arizalar 2021 yil 6 oktabr Vashington vaqti bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan soat 21:00)dan boshlab qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish dvprogram.state.gov saytida, 9 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00gacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida bittadan ko‘p ariza yuborgan talabgorlarning arizalari inobatga olinmaydi.
Tashkilotchilar ariza topshirish uchun so‘nggi haftagacha kutmaslikni tavsiya qiladi: muhlat yakuniga yaqinlashgani sari talabgorlar soni ko‘payib borishi portalda texnik nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bu gal ham dastur orqali 55 kishiga AQSHda yashash huquqi taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Dastur g‘oliblari kompyuter yordamida tasodifiy tanlanadi. Natijalar 2022 yil 8 may kuni e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi