Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini noqonuniy tarzda yetishtirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan. Biroq, ayrim shaxslar tomnidan zahri qotillar savdosi bilan shug‘ullanish holatlari hamon uchramoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan xamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro M.R. shartli xaridorga 143 dona gugurt qutilarga solingan “marixuana” giyohvandlik vositasini xar bir kutisini 250 ming so‘mdan jami 35 750 000 so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Ushbu “marixuana” giyohvandlik vositasi maxsus tarozida o‘lchab ko‘rilganida uning umumiy og‘irligi 837,20 grammni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi