21:08 / 05.10.2021
1 454

Ikkita “Kobalt”ga yashirilgan 516 million so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

Ikkita “Kobalt”ga yashirilgan 516 million so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tibbiyot buyumlari hamda sifatsiz dori vositalarining yurtimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman hududida harakatlangan fuqaro T.B. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani to‘xtatib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishdi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan 11 turdagi 5997 quti tibbiyot dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro T.B.ga tegishli yana bir “Kobalt” avtomashinasi Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi MFY hududida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonidan xorijda ishlab chiqarilgan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 18 turdagi 4922 quti dorilar borligi aniqlandi.

Mazkur tezkor tadbir davomida fuqaro T.B.ga tegishli bo‘lgan jami 516 million so‘mlik tibbiyot dori vositalari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikkita “Kobalt”ga yashirilgan 516 million so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi