Foto: IIB
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro Nodir Idiyev prorektorlikka qadar «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan va aynan shu yerdagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.
2021 yilning iyulida «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filiali sobiq mansabdori «Osiyo taraqqiyot banki» mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan.
Buxoro shahar jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi