18:27 / 06.10.2021
2 385

AQSH elchixonasi «grin karta» haqida eslatma berdi

AQSH elchixonasi «grin karta» haqida eslatma berdi
AQSH DV-2023 lotereyasi (grin karta) bugun, 6 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi haqida xabar berilgandi. Elchixona bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

«DV-2023 dasturiga ro‘yxatdan o‘tish bugun, 2021 yil 6 oktabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugaydi. Barcha arizalar shu ro‘yxatga olish davrida elektron tarzda topshirilishi lozim. Kechikib topshirilgan yoki qog‘ozda yozilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Onlayn ariza to‘ldirish oson va bepuldir. Iltimos, shunga e’tibor qaratingki, ro‘yxatdan o‘tish davrida bittadan ortiq ariza topshirgan shaxslar o‘yindan chetlatiladi.

Elektron arizalarni mana bu link orqali topshiring: dvprogram.state.gov . Dastur haqidagi to‘liq qoidalar hamda tez-tez so‘raladigan savollarga javoblarni mana bu yerdan topish mumkin: usvisas.state.gov/dv/instructions . Barchaga omad tilaymiz!
» — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH elchixonasi «grin karta» haqida eslatma berdi