1 608
Ishqiy munosabatda bo‘lgan «sevgan qizi»dan pul undirib kelgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda bir qizning ishonchiga kirib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib va bu orqali undan pul undirib kelgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 21 yoshda bo‘lgan M. ismli qiz ijtimoiy tarmoq orqali 26 yoshli B. bilan tanishib qolgan. Ular Telegram’da tez-tez yozishib turgan va ular o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘lgan. O‘zaro suhbatlar davomida yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, biznes bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytgan va Qozog‘istondan kafel xarid qilish uchun pul so‘ragan. Mablag‘ katta bo‘lmagani sabab M. darrov plastik kartasi orqali zarur pulni ko‘chirib bergan. Oradan bir necha kun o‘tgach, B. yana qo‘ng‘iroq qilib, kafellar sotilmaganini va ularni qaytarish uchun yana 1 million so‘m kerakligini aytgan.
Shuningdek, yigit M.dan o‘z nomiga 3 million so‘mlik telefonni kreditga olishini iltimos qilgan. Yigitga telefon biznesni rivojlantirish uchun kerak bo‘lganini aytgan, ammo keyinchalik kreditni qiz to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.
Kunlardan birida B. M.ni ijarada turadigan uyiga taklif qilgan va ular orasida yaqinlik sodir bo‘lgan. Shu kuni kechqurun yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, ularning yaqinligi xonadon egasi tomonidan o‘rnatilgan yashirin kamera orqali tasvirga tushirilganini, uy egasi 15 million so‘m so‘rab, aks holda videoni internetga joylashi bilan qo‘rqitayotganini aytgan.
Sharmandalikdan qo‘rqqan qiz B.ga 500 AQSH dollarini berib yuborgan. Bir necha kundan so‘ng B. yana qo‘ng‘iroq qilib, xonadon egasi videoni prokuraturaga topshirganini aytgan. Shuningdek B. so‘roqqa borib kelganini, tergovchi agar 20 ming dollar bermasa, M. va uning ota-onasini chaqirib, videomaterialni ularga ko‘rsatishi bilan qo‘rqitganini qo‘shimcha qilgan. B. uyini 18 ming dollarga sotib masalani hal qilishini aytgan, ammo 2 ming AQSH dollarini M.ning o‘zi topishi kerak bo‘lgan.
Qizning otasi uydan pullar yo‘qolayotganini payqab qolgan va qizi bilan o‘zaro gaplashgan. Shu sabab qiz otasiga hamma narsani aytib berishga majbur bo‘lgan. M.ning otasi qizini kechirgan va ular birgalikda huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozgan.
Keyingi kuni M. va B. kafeda uchrashgan va qiz yigitga pullarni uzatganida u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
So‘roq davomida B. qilmishiga iqror bo‘lib, qizni aldab olgan barcha pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini aytgan. B.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin